Turkiya mulozimlari Iroqda 13 nafar turkning vahshiylarcha qatl etilganligini qoraladi

Jumladan, Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento’p, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li va boshqa bir qator vakillar Iroqda jangarilar tomonidan qatl etilgan turklarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

1583389
Turkiya mulozimlari Iroqda 13 nafar turkning vahshiylarcha qatl etilganligini qoraladi

 

Turkiya mulozimlari “Burgut panjasi-2” harbiy amaliyoti olib borilgan Iroqning Gara hududida jangarilar tomonidan asirga tushirilgan 13 nafar turkning vahshiylarcha qatl etilganligini qoraladi.

Jumladan, Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento’p halok bo’lgan turklarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

“Iroqning Gara hududidagi g’orlardan birida PKK terror tashkiloti jangarilari tomonidan qatl etilgan 13 nafar begunoh turkning jasadi topildi. Alloh vatandoshlarimizni o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Terror tashkilotiga va ularni qo’llab-qvvatlaganlarga la’nat bo’lsin! Xalqimizga cheksiz hamdardlik izxor etaman!”,-deb yozadi Mustafo Shento’p twitterdagi sahifasida.

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay ham Garada vahshiylarcha qatl etilgan turklarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

“Terrorizmning ildizini quritmagunimizcha nafaqat chegaralarimiz hududida, balki chegara ortida kurashimizni to’xtatmaymiz”,-dedi Fuat O’ktay.

Shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li “Burgut panjasi-2” harbiy amaliyoti olib borilgan hududda jangarilar tomonidan vahshiylarcha o’ldirilgan 13 nafar begunoh turk vatandoshining yaqinlari va oila-a’zolariga hamdardlik bildirdi.

“Qahramon harbiylarimizga bas kela olmagan qo’rqoq jangarilar 13 nafar turk vatandoshimizni asirga olib, ularni hoinlarcha qatl etdi. Shahidlarimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Avvalo ulug’ turk xalqiga va shahidlarimizning yaqinlariga hamdardlik bildiraman”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun, hukmron Ak partiya kotibi Umar Chelik va boshqa bir qator vakillar voqeaga munosabat bildirib, halok bo’lgan turklarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Burgut panjasi-2 , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar