Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Yaponiya elchisini qabul qildi

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Yaponiyaning yangi tayinlangan Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Kazuhiro Suzukiga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tiladi.

1579674
Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Yaponiya elchisini qabul qildi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Yaponiyaning yangi tayinlangan Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Kazuhiro Suzukini qabul qildi.

Qabul chog’ida, Turkiya va Yaponiya o’rtasidagi mudofaa, savdo-iqtisodiy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda olib borilayotgan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik faoliyatlari muhokama qilindi.

Elchi Kazuhiro Suzuki 2011 yilda Yaponiyada ro’y bergan zilziladan so’ng, birinchilardan bo’lib yordam qo’lini uzatgan davlat Turkiya bo’lganini eslatib, o’sha davrda Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari bo’lgan Fuat O’ktayga amaliy ko‘mak uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

Yaponiyadagi vayronkor zilzilaga 10 yil to’lishi munosabati bilan Turkiyada zilzilaga qarshi ogohlikni kuchaytirish maqsadida kampaniya yuritish istagini tilga olgan yapon elchi, bu haqda ma’lumot berdi. Shuningdek, ushbu kampaniyani samarali ijro etish uchun sharoit yaratilishini iltimos qildi.

Fuat O’ktay Turkiya bunday kampaniyalarni doimo qo’llab-quvvatlashibni tilga olib, elchi Kazuhiro Suzukiga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tiladi.


Tanlangan kalimalar: #Fuat O'ktay , #Kazuhiro Suzuki , #Yaponiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar