Turkiya uzoq masofali "Atmaja" raketasini sinovdan o'tkazdi

Turkiya prezidenti ma'muriyatidagi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir Turkiyada ishlab chiqilgan birinchi kemalarga qarshi raketaning sinovi vaqtida qo‘yilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarilganligini bildirdi.

1577871
Turkiya uzoq masofali "Atmaja" raketasini sinovdan o'tkazdi

 

Turkiya Sinopdagi harbiy poligonda o‘zi ishlab chiqargan uzoq masofali kemaga qarshi raketa sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Gap uzoq masofalarga mo‘ljallangan “Atmaja” raketasi haqida bormoqda. Sinov jarayoni dengiz kuchlari qo’mondoni admiral Adnan O’zbal va boshqa mutahassislar tomonidan kuzatib borilgan.

“Milliy raketamiz “Atmaja” do’stga ishonch, dushmanga qo’rquv soladi”,-deb ma’lum qilgan admiral Adnan O’zbal.

Turkiya prezidenti ma'muriyatidagi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir Turkiyada ishlab chiqilgan birinchi kemalarga qarshi raketaning sinovi vaqtida qo‘yilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarilganligini bildirib, mehnati singgan barchaga minnatdorlik bildirdi.

“Birinchi kemalarga qarshi milliy raketamiz “Atmaja” sinov vaqtida qo‘yilgan barcha majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarib, mo’ljalni aniq nishonga oldi. Bunda mehnati singgan barchaga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Qahramon qurolli kuchlarimizga muborak bo’lsin!”,-deyiladi Ismoil Demirning Twitter’dagi akkauntida.

Roketsan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uzoq masofaga mo'ljallangan, kemalarga qarshi “Atmaja” raketasi kecha Sinop viloyatidagi harbiy poligonda sinovdan o’tkazilgandi.


Tanlangan kalimalar: #raketa , #Atmaja , #Turkiya

Aloqador xabarlar