MXK Turkiyaning Egey, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Kiprdagi haqlarini himoya qilishda qarorli

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan MXK yig‘ilishi ortidan deklaratsiya matni e’lon qilindi.

1573215
MXK Turkiyaning Egey, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Kiprdagi haqlarini himoya qilishda qarorli

Milliy Xavfsizlik kengashi (MXK) Turkiyaning Egey, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Kiprdagi haqlarini xalqaro huquq asosida himoya qilishda qarorli ekanligini ta’kidladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan MXK yig‘ilishi ortidan deklaratsiya matni e’lon qilindi.

Yig‘ilishda, mintaqadagi eng asosiy barqarorsizlik manbai bo‘lgan terror tashkilotlarining Turkiyaning janubiy chegarasidagi qo‘shnilari tuprog‘idagi o‘rnining butunlay yo‘q qilinishi doirasida tashlangan qadamlarning ham qo‘lga olingani ifoda etilgan deklaratsiyada,

“Masalaga aralashgan barcha xalqaro tashkilotlar, zimmasiga tushgan javobgarchiliklarini bajarishga chaqirildi”. - deyildi.

Turkiyaning Egey, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Kipr masalalarining hal qilinishida har platformada eng avvalo diplomatik va muloqat qilish yo‘llari tarafdori ekani yodga solingan deklaratsiyada,

“Buning evaziga yurtimizning xalqaro huquq va shartnomalar asosida haq, aloqa va manfaatlarini himoya qilishda qarorli ekani yana bir bor ta’kidlandi”. - deyildi.

Deklaratsiyada shuningdek, Somali bosh bo‘lish bilan birga Afrika va turli geografiyalardagi terror va zo‘rovonlik voqealari qoralangan holda Turkiyaning, tinchlik uchun o‘z javobgarchiligini bajarishni davom etishi ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar