Erdo‘g‘an, buyuk va kuchli Turkiya inshootini davom ettirganliklarini qayd etdi

Prezident Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdagi Sakariya, Yalova, Kirklareli, Edirne va Chanoqqal’a viloyat kongresslarida ishtirok etdi.

1567561
Erdo‘g‘an, buyuk va kuchli Turkiya inshootini davom ettirganliklarini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, buyuk va kuchli Turkiya inshootini davom ettirganliklarini qayd etdi.

Prezident shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo‘g‘an partiyasining navbatdagi Sakariya, Yalova, Kirklareli, Edirne va Chanoqqal’a viloyat kongresslariga Prezidentlik kulliyasidan online tarzda ishtirok etdi.  

Unda,

“1000 yildan buyon biz yashagan tuproqlarda qo‘lga kiritgan har bir yutuq ortida millionlab insonning mehnati va qoni bor”. - degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an,

“1000 yil o‘tishiga qaramay bizga bu vatanni yarashtirolmaganlarni, ko‘p ko‘rmaganlar borligini bilamiz”.- dedi.

Turkiyani demokratiya va iqtisodiyotda uchratmaslik uchun ko‘zlari va quloqlarini bekitib, qalblarini qoraytirganlardan ham xabardor ekanliklarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Adolat va taraqqiyot partiyasining bugungi kunda Turkiyaning 81 viloyati, 1389 munitsipaliteti, 42 ming mahalla va qishlog‘ining kamchiliksiz, har bir qarishida investitsiyalarining borligi haqiqatini yashirishga uringanlarni ham bilamiz”. - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an, buyuk va kuchli Turkiya inshootini davom ettirganliklarini qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Prezident Erdo‘g‘an

Aloqador xabarlar