Mavlud Chavusho’g’li BMTning Liviya bo’yicha maxsus vakili bilan muloqot qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li BMT bosh kotibining Liviya bo’yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlangan Jan Kubis bilan telefon orqali muloqot qildi.

1566988

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Mavlud Chavusho’g’li suhbat avvalida Jan Kubisni yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi. Unga mas’uliyatli vazifasida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Jan Kubis bundan avval BMTning Livan bo’yicha maxsus koordinatori va BMTning Iroqdagi maxsus vakili lavozimlarida ishlagan.

BMT bosh kotibining Liviya bo’yicha sobiq vakili Gassan Selame 2020 yil mart oyida sog’ligi yomonlashganligi sababli iste’foga chiqqandi.

Tanlangan kalimalar: #Jan Kubis , #Mavlud Chavusho'g’li

Aloqador xabarlar