Fuat O’ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasi xalqini yangi yil bilan tabrikladi

"Yangi 2021 yil barchamizga avvalo sog’liq, tinchlik va hotirjamlik olib kelsin! Kiprdagi turk xalqini yangi yil bilan chin yurakdan tabriklayman!”,-dedi Fuat O’ktay o’z tabrigida.

1555624
Fuat O’ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasi xalqini yangi yil bilan tabrikladi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasi xalqini yangi 2021 yil munosabati bilan tabrikladi.

“Aziz qardoshlarim! 2020 yil nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda mashaqqatlarga boy, sinovli yil bo’ldi. Global pandemiya ta’sirida o’tgan 2020 yilni ortda qoldirar ekanmiz, yangi 2021 yilni katta umidlar bilan kutib olyabmiz. Yangi 2021 yil barchamizga avvalo sog’liq, tinchlik va hotirjamlik olib kelsin! Kiprdagi turk xalqini yangi yil bilan chin yurakdan tabriklayman!”,-dedi Fuat O’ktay o’z tabrigida.

Uning ta’kidlashicha, Turkiyaga keltirilgan koronavirusga qarshi vaksinalar Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga ham yuboriladi.

“Pandemiyaga qarshi kurash doirasida Turkiyaga keltirilgan vaksinalar Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga ham yuboriladi. Vaksina avvalo salomatlik xodimlariga emlanadi”,-deb aytgan Fuat O’ktay.

 



Aloqador xabarlar