Britaniyadagi Turkiya fuqarolari uchun maxsus aviareyslar tashkil etildi

Bundan Turkiya fuqarolari va Turkiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega bo’lgan xorijliklar foydalana oladi. Bu haqda Turkiyaning Britaniyadagi elchixonasi e’lon qildi.

1551646
Britaniyadagi Turkiya fuqarolari uchun maxsus aviareyslar tashkil etildi

 

Britaniyadan Turkiyaga majburiy holatlarda maxsus aviaqatnovlar yo’lga qo’yildi.

Bundan Turkiya fuqarolari va Turkiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega bo’lgan xorijliklar foydalana oladi.

Bu haqda Turkiyaning Britaniyadagi elchixonasi e’lon qildi.

E’longa ko’ra, bu qaror Turkiya fuqarolari va Turkiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega bo’lgan xorijlik fuqarolarga taalluqlidir.

Maxsus reyslardan foydalangan yo’lovchilar Turkiyaga qadam bosishi bilanoq koronavirusga qarshi test qilinadi va 7 kunlik karantinga olinadi.

Biletlar tegishli aviakampaniyalardan to’g’ridan sotib olinishi mumkin.

Turkiya Britaniyada koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi  tarqalishi tufayli ushbu mamlakat bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to’xtatgan edi.


 


Tanlangan kalimalar: #pandemiya , #aviaqatnov , #Britaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar