Turkiya Idlibdagi sel falokati qurbonlariga insonparvarlik yordami yubordi

Turkiya Ofad va favqulodda vaziyat boshqarmasi (AFAD), idliblik sel falokati qurbonlariga Turk Qizil Yarim oy jamiyati orqali insonparvarlik yordami yubordi.

1551029
Turkiya Idlibdagi sel falokati qurbonlariga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turkiya Ofad va favqulodda vaziyat boshqarmasi (AFAD), Suriyaning Idlib viloyatiga qarashli qishloqlarda tashkil etilgan tartibsiz lagerlarda jon saqlagan sel falokati qurbonlariga Turk Qizil Yarim oy jamiyati orqali 180 ta chodir va insonparvarlik yordami yubordi.

Boshqarma tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, 2019 - yilning dekabr oyidan 2020 - yilning mart oyigacha, Suriyada rejim kuchlari hujumlari oqibatida Idlibning janubidagi turar - joy punktlaridan Turkiyaning chegara mintaqasiga yaqin nuqtalarga ko‘pchilikning ko‘chib o‘tgani yodga solindi.

Qariyb 1 million kishining ushbu mintaqaga ko‘chib o‘tgani qayd etilgan bayonotda, ularning bir qismining ijaraga olgan yer uchastkasida infratuzilmasiz va tartibsiz ravishda kamida 50, eng ko‘p 100 oilalik lagerlar tashkil etganliklari ta’kidlandi.

Bu oy mintaqada kuzatilgan og‘ir yog‘ingarchilik ortidan yuz bergan sel falokatidan Idlibning Harim mintaqasidagi tartibsiz lagerlarda jon saqlaganlarning ziyon ko‘rgani ifoda etilgan bayonotda, voqeaning hamon ortidan Hatay Ofad va favqulodda vaziyat boshqarmasi (AFAD) yetakckhiligi tomonidan, Turk Qizil Yarim oy jamiyati orqali mintaqaga 180 ta chodir bilan insonparvarlik yordami yuborilgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar