Erdo'g'an:“2020 yil Yevropa va AQSh bilan munosabatlarimizda sinovli yil bo’ldi”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya parlamentida Ak partiya guruh majlisida ma'ruza qildi.

1550571
Erdo'g'an:“2020 yil Yevropa va AQSh bilan munosabatlarimizda sinovli yil bo’ldi”

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya barcha mazlumlarga va jabrlanuvchilarga umid baxsh etganligini aytdi.

Prezident bu so’zlarni Parlament majlisida so’zlagan nutqida tilga oldi.

“Bugungi kunda “Turkiya” deganda aqlga insoniylik, adolat va sharafli tashqi siyosat keladi”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an.

“Turkiya dunyodagi barcha mazlumlarga va jabrlanganlarga umid baxsh etmoqda. Butun dunyoda boshini egmaslik, tik turishlik timsoliga aylandi. Turkiyaning yulduzi porlar ekan, unga hujumlar ham ko’paymoqda. Shaxmat tahtasiga aylangan xalqaro maydonda Turkiya xaosdan to’yingan davlatlarni bezovta qilmoqda”,-deb ilova qilgan Erdo’g’an.

Shuningdek, Ozarbayjonning Tog’li Qorabog’dagi ustun g’alabasiga ham to’xtalgan Erdo’g’an: “Tog’li Qorabog’da 30 yillik ishg’olga yakun yasalishiga hissa qo’shdik”,-dedi.

Erdo’g’an Turkiyaning Yevropa va AQSh bilan munosabatlari haqida shunday dedi:

“Yevropa va AQSh bilan munosabatlarimizni rivojlantirar ekanmiz, ayni vaqtda Turkiy davlatlar, Osiyo, Lotin Amerika va xatto Afrikani ham unutmadik. Barcha sa’y-haraktlarimizga qaramay, 2020 yil Yevropa va AQSh bilan munosabatlarimizda sinovli yil bo’ldi”.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiya nafaqat Sharqiy O’rta yer dengizidagi faoliyatlarida, balki Rossiyadan xarid qilgan S-400 majmualari xususida nohaqlik va adolatsizlikka uchradi.

“Yangi yilda AQSh va Yevropa bilan aloqalarimizda yangi sahifa ochiladi degan umiddaman!”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar