MXT, Sharqiy O‘rta yer dengizida turk kemasiga qarshi yo‘lga qo‘yilgan muomalani qoraladi

MXT, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi.

1534460
MXT, Sharqiy O‘rta yer dengizida turk kemasiga qarshi yo‘lga qo‘yilgan muomalani qoraladi

Milliy Xavfsizlik tashkiloti (MXT) Sharqiy O‘rta yer dengizida Irini harakati asosida turk kemasini bir tomonli, xalqaro huquq va ittifoqlik munosabatlariga qarshi yo‘lga qo‘ygan muomalasini qoraladi.

MXT, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish ortidan berilgan bayonotda, Irini harakati asosida turk kemasiga (ruxsatsiz tintuv qilinishi) qarshi yo‘lga qo‘yilgan muomalaga qarshi har tarmoqda kerakli qadamlarning tashlanishi ifoda etildi.

Bayonotda,

“Kiprdagi turklarning o‘rnini hisobga olmagan holda orolda ikki xalq va davlatning borligini qabul qilmaslikda oyoq tiralishining va tomonlarning murosasizligining asosini tashkil etgan sabablar hech qachon qabul qilinmaydi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

MXT bayonotida shuningdek, mamlakatning janubiy chegaralarida bir terror yo‘lagi qurilishiga aslo ruxsat berilmasligi yana bir bor tasdiqlandi.

Bayonotda, Ozarbayjonning chorak asrdan ortiq ishg‘ol ostida qolgan vatan tuproqlarining qaytarib olinishidan qanchalik xursand ekanligi ham ta’kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #turk kemasi , #MXK , #Irini harakati

Aloqador xabarlar