Qorabog‘dagi sulh kelishuvini Turkiya bilan Rossiya birgalikda nazorat qiladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armanisaton o‘rtasidagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvining nazorati uchun Turk – rus markazining o‘zaro anglashuv memorandumiga qo‘l qo‘yganini ma’lum qildi.

1525984
Qorabog‘dagi sulh kelishuvini Turkiya bilan Rossiya birgalikda nazorat qiladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armanisaton o‘rtasidagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvining nazorati uchun Turk – rus markazining o‘zaro anglashuv memorandumiga qo‘l qo‘yganini ma’lum qildi.

Prezident Erdo‘g‘an o‘zi raislik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiya Buyuk Millat majlisidagi guruh yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Unda (kecha kuchga kirgan) o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvining nazorati uchun mushtarak turk – rus markazi haqida Erdo‘g‘an,

“O‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini nazorat qilish uchun tashkil etiluvchi mushtarak Turk – rus markazi ustidan anglashuv memorandumiga qo‘l qo‘yildi. Bu markaz, Ozarbayjonning ishg‘oldan qutqarilgan tuproqlari ustidan tashkil topadi. Tog‘li Qorabog‘dagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvining paymol qilinishiga to‘siqlik qilishga qaratilgan barcha chora – tadbirlar huddi shu markaz tomonidan yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali Ozarbayjon tuproqlari va Qorabog‘dagi 28 yillik ishg‘ol, rasmiy ravishda tugamoqda. Qorabog‘ yana bir bor islom yurtiga aylanmoqda. Hilol soyasidagi tinch o‘rnini olmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.  

“Qorabog‘da qisqa vaqt ichida qanday qilib tinchlik o‘rnatilsa, samimiy hamkorlik orqali Suriyada ham shunga o‘xshash qadamning tashlanishiga ishonchimiz komil”. – degan Erdo‘g‘an,

“Mintaqamiz va dunyoda yuz bergan o‘zgarish jarayonida mamlakatlarimizni, ikki qardosh sifatida birgalikda rivojlantirib, maqsadlarimizga birgalikda erishamiz. Bundan buyon Ozarbayjon bilan yana – da yaqin, kuchli hamkorlik ichida mushtarak kelajak barpo etamiz. Oxirgi to‘qnashuvlar bo‘yicha ham to‘xtamay turar – joy punktlarini nishonga olish orqali ko‘plab gunohsiz insonning umriga zomin bo‘lgan Armaniston jinoyatlari aksiga, bundan buyon bironta ham tinch aholining ziyon ko‘rishiga yo‘l qo‘yilmaydi” – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar