Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

Ilhom Aliyev rasmiy tashrif bilan Bakuda bo’lib turgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Quruqlik kuchlari qo’mondoni general Umid Dundar va milliy razvedka tashkiloti rahbarini qabul qildi.

1525500
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rasmiy tashrif bilan Bakuda bo’lib turgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Quruqlik kuchlari qo’mondoni general Umid Dundar va milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidanni qabul qildi.

Tog’liq Qorabog’da qo’lga kiritilgan g’alabadan so’ng, ilk yuzma-yuz uchrashuvini amalga oshirgan Ilhom Aliyev: “G’alabadan keyingi ilk uchrashuvni eng yaqin qardoshlarim bilan amalga oshirayotganimdan bahtiyorman. Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan telefonda suhbatlashdim. Kelgusidagi rejalarimiz haqida maslahatlashdik”,-dedi.

Ilhom Aliyev Ozarbayjonning ushbu qiyin kunida birinchilardan bo’lib yordam qo’lini uzatgan Turkiyaga cheksiz minnatdorligini izhor etdi.

“44 kun davom etgan to’qnashuvlarda qardoshimiz Turkiyaning yordamini qalbimizda his qilib turdik. Urushni to’xtatish to’g’risida bitim imzolanishi bilanoq Turkiyadagi sevinch manzaralari qalbimizni isitdi. Turk qardoshlarimiz bu g’alabani huddi o’zining g’alabasidek nishonladilar”,-deb aytgan Ilhom Aliyev.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiyaning yordami natijasida Ozarbayjonning matonati yana-da oshdi. Ozarbayjon 30 yildan so’ng, ishg’ol ostidagi hududlarini ozod qilish bahtiga muyassar bo’ldi.

Aliyev Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan bo’lgan suhbatida Turkiya-Rossiya qo‘shma markazini tashkil qilish faoliyatlari muhokama qilinganligini ma’lum qildi.

“Qorabog‘dagi ixtilofni to‘xtatish haqida qabul qilingan kelishuvni muhim qadam deb baholayman. Tog’liq Qorabog’ mojarolarini hal qilishda Turkiya Rossiya bilan tengma-teng ro’l o’ynashini talab qildik va bunga erishdik”,-deb aytgan Ilhom Aliyev.


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar