Prezident Erdo‘g‘an, Avstriyada yuz bergan qonli hujumni qoraladi

Prezident Erdo‘g‘an kabina yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

1521418
Prezident Erdo‘g‘an, Avstriyada yuz bergan qonli hujumni qoraladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, tunov kuni Avstriya poytaxti Venada yuz bergan qonli hujumni, samimiy ravishda qoralaganini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an kabina yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

Venadagi qonli hujumni samimiy ravishda qoralaganini eslatib o‘tgan Prezident Erdo‘g‘an,

“Aybdorlari kim bo‘ilishidan qat’iy nazar bunday hujumlarni maqullash imkonsiz. Avstriya xalqiga hamdardlik bildirib, ta’ziyalarimni izhor etaman”. – dedi. 

“Yevropa davlatlarining bir qismi, imkon qadar islomni yangidan tariflash va shakllantirish tashabbusi payida.” – degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an, bugungi kunda dunyoda 2 milliard 400 million xristian,1 milliard 900 ming musulmon, 1 milliard 800 ming hindu, budist, sinto ishonchiga mansub inson yashashini yodga soldi.   

70 yil oldingiga qaraganda islom dinini qabul qilganlar sonida katta ortish kuzatilganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, avvallari deyarli hech musulmon yashamagan Yevropa davlatlarining ba’zilari aholi sonining 10 foizini bugungi kunda musulmonlar tashkil etganini qayd etdi.

Erdo‘g‘an huddi shunday Afrikadan Janubiy Osiyoga, Amerikadan Avstraliyagacha keng ko‘lamli hududda islomning yoyilishi keng tus olgani, bunga monelik qilish imkonsiz ekanini ifoda etdi.  

Prezident, bu vaziyatning har tarmoqda musulmonlar ziyon ko‘rgan, xorlangan, bosib olingan, ichki urushlar orqali ahvoli yomonlashgan bir paytda yuz berganini ta’kidladi.  

 



Aloqador xabarlar