Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Samarqandga tashrif buyurdi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar boshchiligidagi delegatsiya Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan kutib olingach, Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi.

1517254
Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Samarqandga tashrif buyurdi

 

Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar O’zbekistonga tashrifi doirasida tarixiy Samarqand shahrini ziyorat qildi.

Hulusi Akar Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan kutib olindi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar boshchiligidagi delegatsiyaga bir guruh vakillar hamrohlik qilmoqda. Ular tarixiy Samarqand shahridagi diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qiladilar. Hulusi Akar avvalo Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Samarqand , #O'zbekiston , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar