Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar O’zbekistonga tashrif buyurdi

Turkiya va O’zbekiston o’rtasida harbiy hamkorlik bo’yicha bitim imzolandi. Bitimga imzo chekkan Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar: “Har sohada munosabatlarimizni rivojlantirishga g’ayrat qilamiz”,-dedi.

1516841
Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar O’zbekistonga tashrif buyurdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Pokiston va Qozog’istonga tashrifini yakunlab, O’zbekiston poytaxti Toshkentga keldi.

O’zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Kurbanov Toshkentdagi O'zbekiston Mudofaa vazirligi qarorgohida Hulusi Akarni harbiy marosim bilan kutib oldi.

Marosimdan so’ng, ikki vazir raisligida hay’atlararo muzokaralar boshlandi. Hulusi Akar muzokaralar ochilishida avvalo o'ziga ko’rsatilgan samimiy mehmondo’stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

 

 

“Munosabatlarimizda juda katta yutuqlarni qo’lga kiritdik”

Turkiya va O’zbekiston bir-birini e’zozlaydigan ikki davlat ekanligini ta’kidlagan Hulusi Akar “ota zamin” deb atalgan mamlakatga tashrif buyurganidan bahtiyor ekanligini tilga oldi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya va O’zbekiston mushtarak ko’xna tarixga ega bo’lgan qardosh davlat. Vaqti-vaqti bilan ba’zi kamchiliklar bo’lsa-da, ikki davlat munosabatlariga juda katta ahamiyat berildi. Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning O’zbekistonga tashrifi ortidan ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochildi. Turkiya va O’zbekiston o’rtasida mustahkam qardoshlik aloqalariga tayangan strategik sheriklik mavjud.

“Har sohada munosabatlarimizni rivojlantirishga g’ayrat qilyabmiz. Bular orasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy munosabatlar bilan birga, albatta harbiy aloqalar ham bor. Ushbu sohalar bo’yicha juda katta yutuqli ishlarni amalga oshirdik”,-deb aytgan Hulusi Akar.

 

 

Bahodir Kurbanov: “Harbiy aloqalarimiz yana-da rivojlanmoqda”

O’zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Kurbanov oliy martabali mehmon Hulusi Akarni O’zbekistonda kutib olishdan mamnunligini ifoda etdi.

Turkiya va O’zbekistonni tili va dini bir ikki davlat deb baholagan Kurbanov: “Davlatlarimiz o’rtasida tezkor rivojlanib borayotgan munosabatlarga bog’liq ravishda harbiy aloqalarimiz ham rivojlanmoqda”,-dedi.

Ikki davlat o’rtasidagi yaxshi qardoshlik aloqalariga ikki davlat prezidentlari tomonidan asos solinganligiga diqqat qaratgan Kurbanov: “Harbiy, xavfsizlik va mudofaa sohasi bo’yicha hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqchimiz”,-dedi.

 

Ochilishdagi ma’ruzalardan so’ng, matbuotga yopiq tarzda davom etgan muzokaralar yakuniga ko’ra, Hulusi Akar va Bahodir Kurbanov tomonidan Turkiya va O’zbekiston o’rtasida harbiy hamkorlik bo’yicha bitim va Naqd pul yordamini qo'llash to'g'risidagi protokol imzolandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar