Erdo‘g‘an: “Turkiya haq va adolatning yonida bo‘lishdan aslo voz kechmaydi”.

Prezident Erdo‘g‘an, Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

1513048
Erdo‘g‘an: “Turkiya haq va adolatning yonida bo‘lishdan aslo voz kechmaydi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Kerak bo‘lsa jonimiz evaziga himoya qilgan bu hududdan bizni yo‘q qilish hayollaridan voz kechmaganlarni battar vahimaga tushiramiz”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

Armanistonning Ozarbayjonga qarshi uyushtirgan hujumlari masalasida Turkiyaning haq va adolatning yonida bo‘lishdan aslo voz kechmasligini ta’kidlagan Prezident,

“Ko‘zini va qalbini bizga burgan har qardoshimizning yonida bo‘lishni davom etamiz. Sharqiy O‘rta yer dengizida yurtimiz va Kipr turklari haqqining bosib olinishiga yo‘l qo‘ymadik. Ozarbayjonning ishg‘ol ostidagi tuproqlarini qutqarishini ham qo‘llab – quvvatlaymiz. Xalqimizning mustaqillik va kelajagiga uzagan har bir qo‘lni sindiramiz”. – dedi.  
Erdo‘g‘an, “Fatih” burg‘ulash kemasining o‘z faoliyatini kelasi oyda takror boshlashini ham eslatib o‘tgan holda,

“Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar, kashfiyot haqida xabarlar olishimiz mumkinligini ko‘rsatmoqda. Qora dengizdagi kashf etilgan tabiiy gaz, xalq kelajagi uchun foydalaniladi. Yana bir bor kashfiyotning hayrli bo‘lishini tilayman”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident, global va mintaqaviy barcha muvozanatning yiqilganiga e’tibor qaratib Turkiya o‘rnini “Ko‘tarilayotgan yulduz” deb baholadi.       



Aloqador xabarlar