Turkiya, Qirg‘izistondagi parlament saylovlarining tinch o‘tganidan mamnun

Turkiya, Qirg‘izistondagi parlament saylovlarining tinch o‘tganidan mamnunligini bildirdi. Bu haqida Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan bayonot berildi.

1502853
Turkiya, Qirg‘izistondagi parlament saylovlarining tinch o‘tganidan mamnun

Turkiya, Qirg‘izistondagi parlament saylovlarining tinch o‘tganidan mamnun.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Qirg‘iz Respublikasida kecha uyushtirilgan parlament saylovlarining tinch o‘tganidan mamnun bo‘lgani qayd etildi.

Bayonotda,

“Parlament saylovlari natijasining do‘st va qardosh Qirg‘iziston xalqi uchun hayrli bo‘lishini tilaymiz. Saylovlar ortidan tashkil etiladigan hukumat, strategik sherigimiz Qirg‘iziston bilan o‘zaro munosabatlarimiz va har tarmoqdagi hamkorligimizning yana – da rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shishiga ishonchimiz komil.” deyildi.

Qirg‘iziston saylov komissiyasi, parlamentning 120 yangi a’zosini aniqlab olish maqsadida uyushtirilgan saylovning ilk rasmiy natijasini kecha ma’lum qilgandi.

Saylovchilarning qariyb 55 foizi ishtirok etgan saylovda ilk natijalarga ko‘ra 4 ta siyosiy partiya 7 foizlik to‘siqdan o‘tib, 120 o‘rinli majlisga kirish huquqini qo‘lga kiritgan. Kelasi 5 yil uchun xizmat qilmoqchi bo‘lgan 16 ta siyosiy partiyadan “Birimdik” “Mekenim Kirgizstan”, “Kirgizstan” va “Butun Kirgizstan” partiyalari muvaffaqiyatga erishgan.

Bunga ko‘ra Majlis raisi Dastanbek Jumabekov nomzod etib ko‘rsatilgan Qirg‘iziston partiyasi o‘z o‘rnini saqlab qolar ekan qolgan uch partiya parlamentga birinchi marotaba kirish baxtiga muyassar bo‘ldi.



Aloqador xabarlar