Prezident Erdo‘g‘anning tanqidlari, Isroilga yoqmadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasiga bo‘lgan xitobida Isroilni tanqid qildi, Isroil elchisi esa zalni tark etdi.

1495834
Prezident Erdo‘g‘anning tanqidlari, Isroilga yoqmadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasiga bo‘lgan xitobida Isroilni tanqid qildi, Isroil elchisi esa zalni tark etdi.

Isroilning BMT Doimiy vakili Gilad Erdan, Prezident Erdo‘g‘an videomurojaat orqali ishtirok etgan BMTning 75 Bosh assambleyasining yig‘ilishida Isroil tomonidan Falastinga qarshi yo‘lga qo‘yilgan, “bosim, zo‘rovonlik va qorqitish siyosatlari” haqida gapirar ekan, zalni tark etdi. 

Erdo‘g‘anning mavzu haqidagi murojaaati quyidagicha edi:

“Uchta yirik dinning muqaddaslarini o‘z ichiga olgan Quddusning mahramiga uzangan kirli qo‘lning jur’ati borgan sayin ortib bormoqda. Falastin xalqi, Isroilning barcha bosim, zo‘rovonlik va qorqitish siyosatlariga yarim asrdan beri chidab kelmoqda. “Asr shartnomasi” degan nom ostida Falastin tomoniga tayashga urinilgan taslim bo‘lish hujjati qabul qilinmagach, Isroil bu gal hamkorlarining yordami orqali qal’ani ichkaridan bosib olish tashabbusini jadallashtirdi. Turkiya sifatida, Falastin xalqi ro‘zi bo‘lmagan hech qanday rejani qo‘llab – quvvatlamaymiz. Mintaqadagi ba’zi davlatlarning bu o‘yinga sherik bo‘lishining, Isroilning eng asosiy xalqaro parametrlarini buzish harakatlariga xizmat qilishdan boshqa hech qanday ma’nosi yo‘q. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarorlari va xalqaro huquq qonunlariga zid bo‘lishiga qaramay Quddusda elchilik ochish haqidagi niyatini bayon etgan mamlakatlar, bu munosabatlari orqali faqatgina nizoning avj olishiga xizmat qilmoqda. Falastin masalasi 1967 - yilgi chegaralar asosida poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil, suveren va geografik jihatdan uzluksiz Falastin davlatini barpo etish bilangina hal qilinishi mumkin. Bundan boshqa yo‘l izlash befoyda, bir tomonlama va adolatsizdir.”



Aloqador xabarlar