Erdo’g’an Angela Merkel va Charles Michel bilan videokonferensiya shaklida uchrashadi

Turkiya vaqti bilan soat 14:00da boshlanishi kutilayotgan uchrashuvda sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar muhokama qilinadi.

1495189
Erdo’g’an Angela Merkel va Charles Michel bilan videokonferensiya shaklida uchrashadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Germaniya kantsleri Angela Merkel va Yevrokengash rahbari Charles Michel bilan videokonferensiya shaklida uchrashadi.

Erdo’g’an uchrashuvda sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori ekanligini ma’lum qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Turkiya shartsiz muzokaralarga tayyor ekanligi, taranglik Gretsiya tufayli yuzaga kelganligi, o’zini bosishi kerak bo’lgan tomon Gretsiya ekanligi ifoda etiladi.

Erdo’g’an Yevropani masalani hal qilish yo’lida haqqoniy va betaraf bo’lishga chaqiradi. Bundan tashqari, bojxona ittifoqi kelishuvini yangilash va vizani bekor qilish xususida Turkiyaning talablarini ma’lum qiladi.

Videokonferensiya shaklidagi uchrashuv bugun Turkiya vaqti bilan soat 14:00da boshlanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar