Turkiya Yevropa parlamenti umumiy kengashining taklifini tan olmaydi

“Yevropa parlamenti umumiy kengashida Yevropa Ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlar manfaatiga xizmat qilish maqsadida qabul qilingan haqiqatdan yiroq taklif qarori (2020 yil 17 sentyabr) har tomonlama qabul qilinmaydi",-deyiladi bayonotda.

1493100
Turkiya Yevropa parlamenti umumiy kengashining taklifini tan olmaydi

 

Turkiya Yevropa parlamenti umumiy kengashi tomonidan qabul qilingan 2020 yil 17 sentyabrdagi taklif qarorini tan olmasligini ma’lum qildi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Yevropa parlamenti umumiy kengashining Turkiyaga nisbatan olgan qarori haqida quyidagicha bayonot berdi:

“Yevropa parlamenti umumiy kengashida Yevropa Ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlar manfaatiga xizmat qilish maqsadida qabul qilingan haqiqatdan yiroq taklif qarori (2020 yil 17 sentyabr) har tomonlama qabul qilinmaydi. Yevroittifoqqa a’zo davlatlar va Yevropa parlamentiga nisbatan amalga oshirgan tashabbuslarimizga qaramay, bir tomonlama taklif qarorining tasdiqlanishi yaxshi niyat ifodasi emas”.

“Yevropa parlamenti bir tomonlama va nohaq uslubi bilan o’z hurmatini yo’qotmoqda”,-deb ilova qilinadi bayonotda.

Yevropa Ittifoqi tashkilotlari va Yevropa parlamenti boshqa davlatlarning ishiga aralashar ekan haqqoniy bo’lishga chaqirilgan bayonotda, “Na Yevropa parlamenti, na Yevroittifoq, na a’zo davlatlarning boshqa davlatlar chegaralarini va dengiz shelfini belgilashga haqqi yo’q. Agar ular kelishuv tarafdori bo’lsa, o’zaro murosani yo’lga qo’yishi, nomzod davlat Turkiyaga adolatsizlik qilmasligi, davlatlar o’rtasidagi bahsli mavzularda haqqoniy bo’lishi kerak”,-degan ifodalarga o’rin berildi.

Shuningdek, Turkiya o’zini va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining xalqaro huquq asosidagi manfaatlarini himoya qilishda davom etishi qayd etildi.

Eslatish joizki, kecha, 17 sentyabr kuni Yevropa parlamenti umumiy kengashida sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar bo’yicha Turkiyaga noo’rin tavsiyalar to’g’risidagi hujjat qabul qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa parlamenti , #Turkiya

Aloqador xabarlar