Turkiya va Liviya O’rta yer dengizidagi manfaatlarini himoya qilishga kelishib oldi

Kecha Istanbuldagi Vahdettin ko'shkida matbuotga yopiq ravishda bo'lib o'tgan uchrashuv 2 soat 35 daqiqa davom etdi.

1486043
Turkiya va Liviya O’rta yer dengizidagi manfaatlarini himoya qilishga kelishib oldi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Liviya bosh vaziri Fayoz as- Sarrojni qabul qildi.

Kecha Istanbuldagi Vahdettin ko'shkida matbuotga yopiq ravishda bo'lib o'tgan uchrashuv 2 soat 35 daqiqa davom etdi.

Uchrashuvda Turkiya tomonidan Liviyadagi qonuniy hukumatni qo'llab-quvvatlash, mamlakatdagi ichki nizolarni bartaraf etish uchun tinch yo'l bilan amalga oshirilayotgan diplomatik sa'y-harakatlar muhokama qilindi.

Ikki yetakchi mamlakatda doimiy sulh tuzish tashabbuslari hamda sharqiy O'rta yer dengizidagi mojarolar bo'yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Prezident huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi mazkur uchrashuv haqida shunday yozdi:

“Janob prezidentimiz bilan hurmatli Sarroj o’rtasida Liviya xalqining tinchlik, xavfsizlik va farovonligiga hissa qo’shadigan, shu bilan birga ikki tomonlama munosabatlar samaradorligini oshiradigan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Turkiya Liviyaning BMT tomonidan tan olingan qonuniy hukumati bilan aloqada bo’lishi ta’kidlandi. Shuningdek, Turkiyaning maqsadi Liviyada siyosiy birdamlik va mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlab qolish bilan birga mamlakatda barqarorlik o’rnatish ekanligini qayd etdi.  Liviyada tinchlik va farovonlikni ta’minlash nafaqat qo’shni davlatlar manfaatiga, balki butun mintaqa manfaatiga xizmat qilishini ta’kidlagan prezidentimiz, xalqaro hamjamiyat ham bu borada zimmasiga tushgan mas’uliyatni bajarishi kerakligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda Turkiya bilan Liviya hukumati o’rtasida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek Turkiya va Liviyaning sharqiy O’rta yer dengizidagi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi”.

 



Aloqador xabarlar