Shirnakda yana 3 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi
Turkiyaning Shirnak viloyatida yana 3 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.
1483263
![Shirnakda yana 3 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/3e4b/01bf/215a/5e65df2fd9f03.jpg?time=1718430938)
Turkiyaning Shirnak viloyatida yana 3 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.
Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Milliy Politsiya idorasi va Jandarmeriya Bosh qo‘mondonligining ko‘ndirish faoliyatlari natijasida, PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan.
Terror tashkilotiga a’zo ushbu 3 terroristning 6 yil muqaddam tashkilotga qo‘shilgani ifoda etilgan bayonotda ularning, oxirgi marotaba Iroqda faoliyat olib borganligining aniqlangani ifoda etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 – yilning boshidan bugungi kungacha terror tashkilotidan ko‘ndirish yo‘li orqali taslim bo‘lgan terroristlar soni 144 nafar deb qayd etildi.