MMV, Qora dengizda tabiiy gaz topilishiga hissa qo‘shganlarga minnatdorchilik bildirdi
Milliy Mudofaa vazirligi (MMV), Qora dengizda tabiiy gaz topilishiga hissa qo‘shganlarga minnatdorchilik bildirdi. Ayniqsa, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga.
Milliy Mudofaa vazirligi (MMV), Qora dengizdagi tabiiy gaz kashfiyoti uchun minnatdorchilik bildirdi.
O‘z minnatdorchiligini ijtimoiy tarmoq Twitter orqali #MüjdelerOlsun (#Suyunchi) degan xeshteg orqali yetkazgan MMV unda,
“Prezidentimiz Hurmatli Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ma’lum qilgan Qora dengizdagi Tuna – 1 sohasida topilgan tabiiy gaz zaxirasi olijanob millatimizni ortiqchiligi bilan xursand qildi. Hurmatli prezidentimiz bergan bu katta suyunchining yurtimiz va xalqimizga yaxshilik olib kelishini tilab qolamiz. 320 milliard kub mertlik tabiiy gazning kashf etilishiga hissa qo‘shgan, fidokorlik qilgan va qahramonlardek mehnat qilgan hammani chin qalbimizdan tabriklaymiz.” degan ifodalarga o‘rin berildi.
Aloqador xabarlar
Erdo‘g‘an Shohboz Sharif bilan Pokiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Prezident Erdo‘g‘an bilan Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif telefon orqali muloqot qildi.
Hakan Fidan Rossiya - Ukraina urushi yo‘l ochgan fojiaga e’tibor qaratdi
Hakan Fidan kecha Shveytsariyada uyushtirilgan Ukraina Tinchlik sammitida nutq so‘zladi.