TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda
Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.
Suriyada Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan hududda PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter orqali berilgan bayonotga ko‘ra, Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan hududda terroristlarning hujum uchun tayyorgarlik ko‘rayotganligi aniqlangan.
Bayonotda,
“Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan hududda tinchlik va xavfsizlik muhitining buzilishiga ruxsat bermaymiz. Mintaqada hujum uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan 3 PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo terrorist, qahramon komandoslarimizning muvaffaqiyatli amaliyotlari orqali yo‘q qilindi” degan ifodalarga o‘rin berildi.
Turk Qurolli kuchlari tomonidan 2019 – yilning 9 – oktabri kuni Suriyaning shimolida PKK/ YPG terror tashkilotiga qarshi Tinchlik bulog‘i amaliyoti boshlatilgandi. Amaliyot 2019 – yilning 25 – noyabri kuni muvaffaqiyatli ravishda o‘z nihoyasiga yetgan.