Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiyaning kemalariga qarshi uyushtirilgan hujumlar javobsiz qo‘lmaydi

Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiyaning harbiy bo‘lmagan kemalariga qarshi uyushtirilgan eng kichik hujumlar ham javobsiz qo‘lmaydi.

1473079
Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiyaning kemalariga qarshi uyushtirilgan hujumlar javobsiz qo‘lmaydi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiyaning harbiy bo‘lmagan kemalariga qarshi uyushtirilgan eng kichik hujumlarning ham javobsiz qo‘lmasligini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Istanbulda juma namozi ortidan kun tartibini baholadi.

Unda, Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiyaning harbiy bo‘lmagan kemalariga qarshi uyushtirilgan eng kichik hujumlarning ham javobsiz qo‘lmasligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Oruch Reis 23 – avgustgacha o‘z faoliyatini davom ettiradi. Germaniya kansleri Angela Merkel bilan bu haqida gaplashdik. Shaxsining bizdan iltimosi, bu ishni yumshatib, jarayonni bundan ham himoyachi tushuncha ostida davom ettirishimizdir. Bu borada kelishib oldik. Hurmatli kansler Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan ham uchrashdi. Umid qilamanki Michotakisni ham bizga aytgan nuqtaga yetaklaydi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Michotakisni esa xalqaro huquqni hurmat qilishga chaqirgan Erdo‘g‘an, “G‘arbiy Frakiyada qavmdoshlarimizga oid qabristonlarni o‘qqa tutdilar. Bular yaxshilikka yetaklamaydi. Biz qavmdoshlarimizning tirigini ham, o‘ligini ham yolg‘iz qo‘ymaymiz. Buning uchun nima qilishimiz kerak bo‘lsa vaqti kelganida qilamiz. Buni ochiq – oydin aytib qoyay” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ham Sharqiy O‘rta yer dengizida taranglikni orttirgan tomonning Turkiya emas, Gretsiya ekanligini ma’lum qildi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Shveytsariyada kasbdoshi Ignazio Kassis bilan uchrashgach ortidan, matbuot anjumani uyushtirdi.

Unda, “Sharqiy O‘rta yer dengizida taranglik ortti lekin bundan Turkiya emas, Gretsiya javobgar” degan Chavusho‘g‘lu.

“Biz burg‘ulash faoliyatlarimizni boshlatish uchun 2018 – yiligacha sabir qildik. Holbuki Gretsiya ham, Kiprning grek tomoni ham 2000 – yillardan beri bir tomonli olaroq faoliyatlarni boshlatdi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shunday ekan Turkiya ham nimadir qilishga majbur qolganini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu, 

“Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning ayniqsa davriy rahbari Germaniyaning iltimosiga binoan yaxshi niyat qildik. Faoliyatlarimizni vaqtinchalik to‘xtatishimizni iltimos qilgandi. Lekin bu jarayonda Gretsiya, Germaniya va boshqa davlatlardan boxabar, borib, Misr bilan shartnoma tuzdi. Bu harakatlar yaxshi niyat ishorati emasdir” dedi.  

Chavusho‘g‘lu, 

“Shartnomaning mazmunidan mustaqil olaroq bu mamlakatlar va YI bunday g‘ayrat sarf etar ekan Gretsiyaning bunday qadam tashalashi qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ridir. Bir aybdor bo‘lsa u ham Gretsiyadir. Shunday ekan bu shartnomadan keyin seysmik faoliyat olib boruvchi kemamiz Oruch Reisni kontinental shelfimizga yubordik. Biz diplomatik yo‘llarni qo‘llab – quvvatlaymiz. Gretsiya, shartni men qo‘yaman desa unda adashadi. Gretsiya, Oruch Reisni bezovta qilgudek bo‘lsa unda buning javobini oladi.” dedi.



Aloqador xabarlar