Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Ozarbayjonda

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar hamrohligidagi hay'at bilan birga Ozarbayjonda.

1472329
Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Ozarbayjonda

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Ozarbayjonda.

Mudofaa vaziriga Turk Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi general Yashar Guler, Quriqlik Kuchlari qo‘mondoni general Umit Dundar, Harbiy - Dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral Adnan O‘zbal va Harbiy Havo – kuchlari qo‘mondoni general Hasan Kuchukakyuz hamrohlik qilmoqda.

Hulusiy Akar va hamrohligidagi hay’at Ozarbayjonda eng avvalo poytaxt Bokudagi Faxriy Hiyobonda bo‘ldi.

Hiyobonda marhum Prezident Haydar Aliyevning qabriga gulchambar qo‘ygan Akar, Aliyevning rafiqasi Zarifa Aliyevaning qabriga ham gul qo‘ydi. Ortidan Shahidlar Hiyobonini ziyorat qildi.

Turk Shahidligini ziyorat qilgan Mudofaa vaziri va hamrohligidagi hay’at sharaf daftarida aziz turk xalqining qahramon askarlarining fidokorligi haqida yozdi. Ularga Olloxdan rahmat tilab, hurmat ila yod etishini bildirdi.

Ushbu ziyoratga Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zakir Hasanov ham hamrohlik qildi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Mudofaa vaziri , #Hulusiy Akar

Aloqador xabarlar