TIKA Meksikaning Oaxaka shtatiga insonparvarlik yordami yubordi

Oaxaka shtati hokimligining iltimosiga binoan ta’minlangan oziq-ovqat va gigiyena ashyolaridan iborat insonparvarlik yordami zilziladan jabrlangan ikki ming oilaga tarqatildi.

1468026
TIKA Meksikaning Oaxaka shtatiga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA Meksikaning zilziladan zarar ko’rgan Oaxaka shtatiga shoshilinch insonparvarlik yordami yubordi.

Bu haqda Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAning bayonotida ma’lum qilingan.

Ma’lumotga ko’ra, mamlakatda ro’y bergan 7.4 ball zilziladan so’ng ayniqsa, tog’liq hududlarda uylarini tark etishga majbur bo’lgan aholiga insonparvarlik yordami yetkazildi.

Oaxaka shtati hokimligining iltimosiga binoan ta’minlangan oziq-ovqat va gigiyena ashyolaridan iborat insonparvarlik yordami zilziladan jabrlangan ikki ming oilaga tarqatildi.

Eslatish joizki, Turkiya 2018-2019 yillar oralig’ida ro’y bergan kuchli zilzilalardan so’ng, Meksikaga birinchilardan bo’lib yordam qo’lini uzatgandi. O’shanda Meksika prezidenti Pena Nieto shaxsan Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAga minnatdorlik bildirish maqsadida maktub yo’llagandi.

 


Tanlangan kalimalar: #insonparvarlik yordami , #zilzila , #Meksika , #TIKA

Aloqador xabarlar