Mavlud Chavusho’g’li:"Bayrutdagi portlashda olti nafar Turkiya fuqarosi jarohat oldi"

"Livandagi portlashda jarohat olgan fuqarolarimiz soni ikkidan olti nafarga chiqdi. Beshtasi yengil jarohatlangan. Bir fuqaromiz operatsiya bo’ldi, ahvoli yaxshi. Ularning oilalari bilan aloqa o’rnatib turibmiz”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

1467511
Mavlud Chavusho’g’li:"Bayrutdagi portlashda olti nafar Turkiya fuqarosi jarohat oldi"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Livan poytaxti Bayrutda ro’y bergan portlashda olti nafar Turkiya fuqarosi jarohat olganligini ma’lum qildi.

Mavlud Chavusho’g’li twitter orqali shunday dedi: "Livandagi portlashda jarohat olgan fuqarolarimiz soni ikkidan olti nafarga chiqdi. Beshtasi yengil jarohatlangan. Bir fuqaromiz operatsiya bo’ldi, ahvoli yaxshi. Ularning oilalari bilan aloqa o’rnatib turibmiz”,-dedi.

Eslatish joizki, Livan poytaxti Bayrut shahrida kecha, 4 avgust kuni portlovchi vositalar saqlanayotgan 12-omborda yong’in sodir bo’lgan, ortidan esa vayronkor ikki portlash yuzaga kelgandi.

Ma'lum qilinishicha, portda 2014 yildan buyon 2750 tonna miqdoridagi nitrat ammoniy saqlanib kelingan. 

Portlash xavfi bo‘lgan ushbu modda musodara qilingan va 6 yil davomida tegishli xavfsizlik choralari ko‘rilmagan holda saqlanib kelinayotgandi.

Livandagi Qizil Xoch jamiyati portlashda 100dan oshiq kishi halok bo‘lganligini, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlanganligini ma’lum qildi. Bayrutdagi shifoxonalar jarohatlanganlar bilan to‘lib-toshgani haqida xabar berilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Bayrut , #Turkiya

Aloqador xabarlar