Erdo’g’an:“Vatanimizga va bayrog’imizga hech kimning qo’l tekkizishiga yo’l qo’ymaymiz”

Bugun Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

1462856
Erdo’g’an:“Vatanimizga va bayrog’imizga hech kimning qo’l tekkizishiga yo’l qo’ymaymiz”

 

Bugun Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda ma’ruza qilgan Rajap Tayyip Erdo’g’an “Azonimizga, bayrog’imizga va vatanimizga hech kimning qo’l tekkizishiga yo’l qo’ymaymiz”,-dedi.

“Bundan keyin har sohada o’z kuchiga ishongan Turkiyani ko’rasiz. Hech kimning haqqida, yerida, boyligida ko’zimiz yo’q”,-deb aytgan Erdo’g’an.

“Muzokara va adolatli kelishuvlar bilan hal qilinadigan masalalarda davlatimizni yakkalashga harakat qilganlar bunga yarasha javob olishini bilib qo’ysin. Davlatlar va jamiyatlar o’rtasidagi kurashlar o’zgarganini sezib turibmiz. Siyosiy, iqtisodiy va harbiy raqobat kuchaygan bir davrda o’zimizni kundan kunga rivojlantiryabmiz”,-deb ilova qiladi Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an Ayasofiya jome’-masjidining ochilishi Turkiyaning mustaqillik huquqidan foydalanish xususidagi qat’iyligidan dalolat berishini ta’kidladi.

“Ayasofiya oddiy muzey bo’lish o’rniga, qurilish maqsadiga mos ravishda ibodatgoh sifatida xizmat berishi dini qanday bo’lishidan qat’iy nazar har bir insonni bahtiyor qilishiga ishonamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an so’zlarini “Turkiya bugungi kunda qayta tug’ilish davrini boshidan o’tkazmoqda. Buyuk va kuchli Turkiyani barpo etyabmiz”,-deb yakunladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar