Ayasofiya jome’-masjidida 24 iyul kuni juma namozi o’qiladi

“Biz Ayasofiya jome’-masjidini 24 iyuldan boshlab namozlar uchun ochmoqchimiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an.

1460088
Ayasofiya jome’-masjidida 24 iyul kuni juma namozi o’qiladi

 

 

Istanbuldagi tarixiy Ayasofiya jome’-masjidida 24 iyul kuni juma namozi o’qiladi.

Muzeydan masjidga aylantirilgan Ayasofiyada 24 iyuldan diniy marosimlar o‘tkazila boshlaydi. Ayni vaqtda masjidda o’qiladigan ilk juma namozi uchun tayyorgarliklar qizg’in davom etmoqda.

 

“Biz Ayasofiya jome’-masjidini 24 iyuldan boshlab namozlar uchun ochmoqchimiz”,-deb aytgan Erdo‘g‘an tvitter orqali Ayasofiya haqida klib namoyish qildi. Ushbu klibda qator davlatlardan san’atkorlar ijrosida Ayasofiyaga bag’ishlangan qo’shiq o’rin olgan. Ushbu qo’shiqning so’z va bastasi Yujel Arzenga oid.

Qirg’iz, bo’shnak, alban, ozarbayjon, kurd, svahili, arab, bengal va turkcha ijro etilgan qo’shiq barchaga manzur bo’ldi.

Qo’shiqda “Ayasofiya… Shamollar essin qubbangda hurriyating… To azaldan sen biznikisan, biz esa seniki…” degan so’zlar o’rin olgan.

Turkiyaning oliy ma'muriy sudi - davlat kengashi 10 iyulda Ayasofiya ibodatxonasining muzeyga aylantirilishi haqidagi 1934 yilda olingan qarorni bekor qilgandi. Ayni vaqtda Turkiya prezidenti 10 iyulda Ayasofiya maqomining o‘zgartirilishi haqidagi farmonni imzoladi. Ushbu  farmonga muvofiq Ayasofiya Turkiya diniy ishlar boshqarmasi ixtiyoriga o‘tkazildi. Natijada Ayasofiya masjid sifatida ochilmoqda.

Eslatish joizki, 1934 yilda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning qaroriga binoan, Ayasofiya muzey maqomini olgandi. 1985 yildan boshlab u YuNeSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar