Erdo’g’an Beshtepa Xalq kongressi va madaniyat markazidagi anjumanda ma'ruza qildi

"Turkiya Respublikasi boshqaruv shaklini o'zgartirish bilan mintaqaviy va global inqirozlarga qarshi yana-da faol, ta’sirchan va keng ko’lamli reaktsiyalar berish imkoniyatiga erishdi",-dedi Turkiya prezidenti.

1459136
Erdo’g’an Beshtepa Xalq kongressi va madaniyat markazidagi anjumanda ma'ruza qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Beshtepa Xalq kongressi va madaniyat markazida “Prezidentlik boshqaruvi Hukumat tizimi ikki yillik hisobot yig’ilishi”da ma’ruza qildi.

Prezident o’z ma’ruzasida Turkiyaning chegara xavfsizligini saqlash yo’lida tashlagan barcha qadamlari milliy mudofaa huquqidan foydalanib, amalga oshirilganligini ma’lum qildi.

Prezident Erdo’g’anning ta’kidlashicha, Turkiya Respublikasi prezidentlik hukumat tizimi bilan mintaqaviy va global inqirozlarga qarshi yana-da faol, ta’sirchan va keng ko’lamli reaktsiyalar berish imkoniyatiga erishdi.

“Turkiya doimo haq-huquqini himoya qiladigan davlat bo’lib kelgan. Hech kimning haqqiga ko’z tikmagan, biroq boshqalarga haqqini yedirmaydigan davlat sifatida harakat qilib keldi. Boshqaruv shaklini o’zgartirar ekan, ayni vaqtda siyosat va ijtimoiy yangilanishlargacha juda ko’plab sohada tubdan o’zgarishlarning qiyinchiligini boshimizdan o’tkazishimiz muqarrar”,-dedi Turkiya prezidenti.

“Oxirgi ikki yilda prezident sifatida 64ta hujjat va 2755ta qaror qabul qilib, xalqimizga to’liq xizmat qildik. Global xatar – COVID-19 pandemiyasi hukm surgan davrda ham 180 kunlik amaliy dasturda rejalangan 2384 ta faoliyatning 93 nafarini tamomladik. Yana ham yaxshi rejalar asosida xizmat qilishga ko’nglimiz rozi”,-deb ilova qiladi prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an.

 


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar