Erdo’g’an 15 iyul voqealarining 4 yilligi munosabati bilan xalqqa murojaat qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an xalqqa murojaatini 15 iyul voqealarida vatan himoyasi uchun jon bergan 251 nafar fuqaroning ulug’ xotiraga hurmat bajo keltirish bilan boshladi. Qurbonlar xotirasini yodga oldi.

1455839
Erdo’g’an 15 iyul voqealarining 4 yilligi munosabati bilan xalqqa murojaat qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 2016 yil 15 iyul voqealari – Fathulloh Gulen terrorchilik harakatining (FETO) davlatni to’ntarish tashabbusiga 4 yil to’lgani munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

Prezident o’z murojaatida 2016 yil 15 iyul kechasi turk millati qo’liga kishan solishni ko’zlagan xoinlar buni uddalay olmaganligini ta’kidladi.

Erdo’g’an ma’ruzasini 15 iyul voqealarida vatan himoyasi uchun jon bergan 251 nafar fuqaroning ulug’ xotiraga hurmat bajo keltirish bilan boshladi. Qurbonlar xotirasini yodga oldi.

“15 iyul kechasi turk xalqiga kishan solishga urindilar, biroq Allohga shukurlar bo’lsinki, buni uddalay olmadilar”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

“Meni shunday xalqning bir farzandi qilib yaratgani uchun Allohga hamdu-sanolar aytaman!”,-deb aytgan Erdo’g’an, 15 iyulda davlatni to’ntarishga urinish bo’lganini, xalq xoinlarning rejasini puchga chiqarganini ta’kidladi.

“Azonimizni tindirish, bayrog’imizni tushirish, milliy irodani toptashni ko’zlagan xoinlarni shonli kurashimiz bilan mag’lubiyatga uchratdik”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

“Xalqimiz azoni, bayrog’i, erkinligi va kelajagi uchun yengib bo’lmas qahramonga aylanishini yana bir bor isbotladi. Ushbu xalqning hali hayotda amalga oshiradigan juda ko’p maqsadlari bor”,-dedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an xalqqa murojaatida.



Aloqador xabarlar