Turkiyaga haqorat qilgan boshlovchi sudga berildi

Livanda arman millatiga mansub Neshan Der Xaroutian Turkiyaga qarshi haqoratli so'zlarni ishlatishda ayblanib, sudga berildi.

1452343
Turkiyaga  haqorat qilgan boshlovchi sudga berildi

 

Livanda arman millatiga mansub Neshan Der Xaroutian Turkiyaga qarshi haqoratli so'zlarni ishlatishda ayblanib, sudga berildi.

Livan rasmiy agentligi NNA-dagi xabarga ko'ra, Xaroutianga qarshi shikoyatni baholagan Bosh prokurorlik uni sudga berdi.

Xaroutianing sud jarayoni 8 oktabrda boshlanishi aytildi.

Der Xaroutian o'tgan oy jonli efirda sobiq atrof-muhit vaziri Viam Vehhab bilan  va Usmonli davlatiga va prezident Rajab Toyyib Erdo'g'o’nga qarshi haqoratli so'zlarni ishlatgan.

Ijtimoiy tarmoqlardan kelgan  reaksiyalardan  so'ng namoyishchilar poytaxt Bayrut va telekanalning markazi oldida namoyishlar  uyushtirganlardi.

Livanlik advokat Muhammad Ziyad Kaafil uning  provokatsion bayonotlari uchun Der Xaroutianni   

aybdor deb bildirgan edi.

Kaafil, "Der Haroutian, mahalliy telekanalda namoyish etgan dasturida birodar Turkiyaga qarshi haqoratli so'zlar bilan Livan milliy birligiga qarshi mazhablararo nizolarni qo'zg'atdi" deya ifoda etgan edi.  


Tanlangan kalimalar: #Haqorat , #Turkiya , #Sudga , #Der Xaroutian , #Livan

Aloqador xabarlar