Turk harbiylar Iroq shimolida ikki jangarini yo’q qildi

MMV tomonidan berilgan bayonotda 4 nafar PKK / YPG jangarisi "Furot qalqoni" harbiy amaliyoti o'tkazilgan hududda va "Zaytun novdasi" harbiy amaliyoti o'tkazilgan hududda esa 3 jangari qo'lga olindi.

1451444
Turk harbiylar Iroq shimolida ikki jangarini yo’q qildi

 

Iroq shimolidagi Zap mintaqasida bo'lginchi terror tashkiloti PKKning ikki terroristi yo’q qilindi.

Mudofaa vazirligining (MSB) Twitter-dagi  xabarida,

"Amalga oshirilgan operatsiyalarimiz natijasida, Iroqning shimoliy Zap mintaqasida aniqlangan  2 nafar  PKK terrorchisi olib borilgan havo operatsiyasi natijasida  yo’q qilindi . So'nggi terrorchi  yo’q qilgunga qadar operatsiyalarimiz davom etadi” deya qayd etildi.

MMV  tomonidan berilgan yana bir bayonotda,  4 nafar PKK / YPG terrorchisi Furot qalqoni mintaqasida va 3 nafari esa  Zaytun  novdasi  hududida qo'lga olingan.

MSB, Twitter-dagi xabarda, bo’lginchi terror tashkiloti PKK / YPG tomonidan Suriyaning shimolida terroristik koridor orzusi bilan amalga oshiriladigan har qanday bir  faoliyatga yo'l qo'yilmaydi deb bildirildi.

Bayonotda, Suriyaning shimolida terrorizmga qarshi kurash qat'iy ravishda davom etadi.

"Terror tashkiloti PKK / YPG tomonidan Suriyaning shimolida terroristik yo'lak orzusi bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarga yo'l qo'yilmaydi. Terrorizmga qarshi kurashimiz xalqimiz, hududimiz xavfsizligi bilan Suriyalik birodarlarimizning  xavfsizligi va tinchligi ta'minlanmaguncha davom etadi” deya qayd etildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yo'q qilindi , #Tashkilot , #Terror , #PKK

Aloqador xabarlar