Erdo’g’an Gaiti prezidenti Jovenel Moise bilan muloqot qildi

Ma’lumotga ko’ra, yetakchilar muloqot chog’ida energetika va infratuzilma kabi qator sohalar bo’yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga kelishib oldi.

1449515
Erdo’g’an Gaiti prezidenti Jovenel Moise bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Gaiti prezidentiJovenel Moise bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, yetakchilar muloqot chog’ida energetika va infratuzilma kabi qator sohalar bo’yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga kelishib oldi. Shuningdek, ikki mamlakat iqtisodiyotiga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu boradagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni yana-da kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi.



Aloqador xabarlar