Ertaga Turkiya, Rossiya va Eron yetakchilari videokonferensiya shaklida yig'ilish o'tkazadi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirokida bo’lib o’tadigan yig’ilishda Suriyadagi so’nggi vaziyat muhokama qilinadi.

1446272
Ertaga Turkiya, Rossiya va Eron yetakchilari videokonferensiya shaklida yig'ilish o'tkazadi

 

Ertaga, 1 iyulda Turkiya, Rossiya va Eron yetakchilari ishtirokida “Ostona formati”ning navbatdagi yig’ilishi videokonferensiya shaklida bo’lib o’tadi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirokida bo’lib o’tadigan yig’ilishda Suriyadagi so’nggi vaziyat muhokama qilinadi.

Erdo’g’an, Putin va Ruhoniy oxirgi marta Anqaradagi sammit munosabati bilan uchrashgandi. O’tgan sentyabr oyidagi yig’ilishdan so’ng sammit mart oyida Tehronda o’tkazilishi rejalangandi. Biroq, global xatar – COVID-19 pandemiyasining tarqalishi tufayli sammit bekor qilingandi.

Pandemiyaning tarqalish tahlikasi davom etganligi uchun yetakchilar videokonferensiya shaklida yig’ilish o’tkazishga kelishib olgandi. “Ostona formati”dagi mazkur yig’ilish shu bilan 6-marta o’tkazilgan bo’ladi.

Yetakchilar Suriyadagi siyosiy jarayon bo’yicha fikr almashadi. Bundan tashqari, konstitutsiyaviy qo‘mita faoliyatlarining bugungi holati ko’zdan kechiriladi.

Shuningdek, Idlib va Firot daryosi sharqidagi vaziyat ham muhokama qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Ostona formati , #Eron , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar