Erdo'g'an Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan muloqot qildi

Muloqotda Turkiya va Turkmanistonning jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlari va iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

1445532
Erdo'g'an Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan muloqot qildi

 

 

Turkiya prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Telekommunikatsiya boshqarmasi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, muloqot chog'ida Turkiya va Turkmanistonning jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlari va iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu boradagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni yana-da kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Prezidentlar, shuningdek ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy masalalar bo'yicha fikr almashdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar