Hakkarida bir askar shahid bo‘ldi

Turkiyaning Hakkari viloyatida bir askar, Erondan ig‘vogar tusda uzilgan o‘q natijasida shahid bo‘ldi.

1442307
Hakkarida bir askar shahid bo‘ldi

Turkiyaning Hakkari viloyatida bir askar, Erondan ig‘vogar tusda uzilgan o‘q natijasida shahid bo‘ldi.

Milliy mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Hakkarining Yuksekova tumanidagi chegara hududida ijro etilgan kashfiyot va kuzatuv faoliyati chog‘ida, Erondan ig‘vogar tusda uzilgan o‘q natijasida 2 askarning tan jarohati olganligi, ulardan birining esa kasalxonada barcha urinishlarga qaramay shahid bo‘lgani qayd etildi. 

Bayonotda shuningdek,

“Bizni chuqur qayg‘uga solgan bu voqeada vafot etgan aziz shahidimizga Olloxdan rahmat, qayg‘uli oilasi, Turk Qurolli kuchlari bilan asil xalqimizga hamdardlik bildirib, sabr tilaymiz. Tan jarohati olgan askarimizga esa shifo tilab qolamiz” degan ifodalarga o‘rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakkari , #shahid

Aloqador xabarlar