Tashqi ishlar vazirligi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga reaksiya ko'rsatdi

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olingan Liviyaning qonuniy hukumatini qo'llab-quvvatlashga tegishli qarorlari va talablarini "xavfli o'yin" ekanligini ma'lum qildi, ammo buni mantiq bilan  izohlash mumkin.

1441703
Tashqi ishlar vazirligi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga reaksiya ko'rsatdi

Turkiya, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olingan Liviyaning qonuniy hukumatini qo'llab-quvvatlashga tegishli qarorlari va talablarini "xavfli o'yin" ekanligini ma'lum qildi, ammo buni mantiq bilan  izohlash mumkin.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Hami Akso’y, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Liviya va Sharqiy O'rta yer dengiz borasida  tilga keltirilgan mavzuga doir savollarga yozma javob berdi.

Hami Akso’y,

"Agar janob Makron eslab ko’rsa va o'z aql-idrokini faollashtirsa, bugungi  kunda Liviyada sodir bo’lganlar to'ntaruvchi Haftaning hujumlari oqibatida kelib chiqqanini, u ham qo'llab-quvvatlaganini esga oladi, va jangchi  Hafter yana Moskva va Berlinda sulh bitimini imzolashdan bosh tortganini ham  eslaydi " dedi.

Akso’y

"Fransiya yillar davomida noqonuniy tuzilmalarni qo'llab-quvvatlaganligi sababli Liviyaning betartiblikka aylanishi uchun muhim mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi. Shu munosabat bilan Fransiya Liviyadagi asosiy xavfli o'yinni o'ynamoqda " dedi

Makronning buni Turkiyaga qarshi asossiz ayblovlar bilan yashirishga harakat qilganini ta'kidlab, Liviya xalqi,  Fransiya  o'zlarining shaxsiy manfaatlarini ko'zlab va hamkorlik qilganlar bu davlatga yetkazgan  zararni hech qachon unutmaydi deb qayd etdi

Akso’y

"Fransiya begunoh odamlar mavzusida , xususan Tarxunadagi ommaviy qabrlarda, fitnachilar va  to’ntaruvchi Hafterga qarashli janggarilar va yollanma askarlar  tomonidan sodir etilgan zo'ravon urush jinoyatlarini tergov qilishda o'zining prinsipial munosabatini namoyish qilishi kerak “ deya qayd etdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Reaksiya , #Emmanuel Makron , #Fransiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar