Turk harbiylar “Burgut panjasi” harbiy amaliyoti doirasida Haftaninga kirdi

Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolida boshlangan “Burgut panjasi” (Pence-Kartal) harbiy amaliyoti doirasida terror pozitsiyalariga qarshi quruqlik harakatini boshladi.

1437472

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilingan.

“Iroq shimolida “Burgut panjasi” amaliyoti boshlandi. Qahramon harbiylarimiz Haftaninga kirdi”,-deyiladi ma’lumotda.

Shuningdek, “Havo-harbiy kuchlari, ATAK vertolyotlari, uchuvchisiz havo vositalari - dronlar (İHA) va qurolli uchuvchisiz havo vositalari (SİHA) tomonidan qo’llab-quvvatlangan harbiylarimiz Haftaninga kirib bordi. U yerdagi terror pozitsiyalarini yo’q qilishga kirishdi”,-deb ilova qilinadi ma’lumotda.

Turkiya mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, ushbu harbiy amaliyot Turkiyaning o‘zini mudofaa qilish bo’yicha qonuniy huquqi hisoblanadi. 

Eslatish joizki, Turkiya Qurolli kuchlari 15 iyunda Iroq shimoliga joylashib, o’n yillar mobaynida Turkiya chegaralariga tahdid solayotgan terror tashkiloti PKKga qarshi “Burgut panjasi” (Pence-Kartal) deb nomlangan yangi harbiy amaliyotni boshlangandi.

Aloqador xabarlar