Turk qizil yarim oy jamiyati Sudanga insonparvarlik yordami yubordi

Sudanga yuborilgan insonparvarlik yordamlari tarkibida himoyalovchi ko’z oynak va kombinezonlar, tibbiy qo’lqoplar va tibbiy steril niqoblar o’rin olgan.

1436993
Turk qizil yarim oy jamiyati Sudanga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turk qizil yarim oy jamiyati COVID-19ga qarshi kurashishda ko’maklashish maqsadida Sudanga tibbiy mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordami yubordi.

Insonparvarlik yordamlariga to’la yuk samolyoti poytaxt Hartumga yetib bordi.

Samolyot Hartum aeroportida Sudan qizil yarim jamiyati vakillari va Turkiya elchixonasi xodimlari tomonidan kutib olindi.

Turk qizil yarim oy jamiyatining Sudan delegatsiyasi rahbari Sardor Yilmaz Sudan qizil yarim oy jamiyati COVID-19ga qarshi kurashishga yordam so’rab iltimos qilganligini va bu iltimosni bajonidil qabul qilganligini ma’lum qildi.

Sudanga yuborilgan insonparvarlik yordamlari tarkibida himoyalovchi ko’z oynak va kombinezonlar, tibbiy qo’lqoplar va tibbiy steril niqoblar o’rin olgan.

Sudan qizil yarim oy jamiyati rahbari Yusuf Ali Ubaydurrahme: “Turk qizil yarim oy jamiyati va Turkiya xalqiga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Ular hamisha Sudan xalqiga yordam berib keldi”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar