Turkiya Iroq shimolida “Burgut panjasi” amaliyotini boshladi

“Iroq shimolida “Burgut panjasi” amaliyoti boshlandi. Qiruvchi samolyotlarimiz jangarilarning kulini ko’kka sovurmoqda”,-deyiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida.

1436106
Turkiya Iroq shimolida “Burgut panjasi” amaliyotini boshladi

 

Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolida “Burgut panjasi” (Pence-Kartal) deb nomlangan yangi harbiy amaliyot boshladi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilingan.

“Iroq shimolida “Burgut panjasi” amaliyoti boshlandi. Qiruvchi samolyotlarimiz jangarilarning kulini ko’kka sovurmoqda”,-deyiladi ma’lumotda.

Ma’lumotga ko’ra, “Burgut panjasi” harbiy amaliyotida Turkiya qiruvchi samolyotlari jangarilarning pozitsiyalariga zarbalar bermoqda. Jangarilarga oid 81ta ob’yekt yo’q qilingan.

Turkiya mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, ushbu harbiy amaliyot Turkiyaning o‘zini mudofaa qilish bo’yicha qonuniy huquqi hisoblanadi. Turk harbiylari Iroq shimolida joylashgan va jangarilarning bazasiga aylangan tumanlar - Sinjar, Karachak, Qandil, Zap, Avasin-Basyan va Hakurkdagi terror ob’yektlariga hujum qilmoqda.

““Burgut panjasi” harbiy amaliyotida davlatimiz, xalqimiz va chegaralarimiz xavfsizligiga tahdid solayotgan jangarilarga oid boshpana va g’orlardan iborat 81ta ob’yekt yo’q qilindi. Qiruvchi samolyotlarimiz vazifani ado etgach, xavfsiz ravishda bazaga kelib qo’ndi”,-deyiladi bayonotda.

Harbiy amaliyotda mahalliy va milliy qurol vositalari, jumladan qiruvchi samolyotlar, uchuvchisiz havo vositalari (İHA-dron), havodan razvedka nazorat samolyoti (HİK) va tanker samolyotlari qo’llanilgan bo’lib, unda tinch aholiga va ularning mol-mulkiga zarracha ziyon yetkazmaslikka katta ahamiyat berildi.

Harbiy amaliyotni Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akarning shaxsan o’zi, shuningdek qurolli kuchlar qo‘mondonligi vakillari Turkiya harbiy-havo qo‘mondonlik markazidan turib boshqarib bordi.

Hulusi Akar “Burgut panjasi” harbiy amaliyotida ishtirok etgan harbiylarni ustun xizmati tufayli ratsiya orqali tabrikladi.

“Terror ob’yektlari yer bilan yakson qilindi. Vatanimizga, xalqimizga va chegara ortidagi bazalarimizga hujum rejalashtirgan jangarilarning g’orlari boshiga yiqildi”,-deb ma’lum qiladi Hulusi Akar tvitterdagi sahifasida.



Aloqador xabarlar