Terrorga qarshi ichki xavfsizlik amaliyotlari davom etmoqda

Turkiyada terrorga qarshi ichki xavfsizlik amaliyotlari davom etmoqda.

1428814
Terrorga qarshi ichki xavfsizlik amaliyotlari davom etmoqda

Ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida Bitlisda 4 terrorist, Tunjelining Ovajik qishlog’ida esa TKP/ ML terror tashkiloti a’zosi, toq sariq rangdagi ro’yhatda qidirilgan Hasan Atesh yo’q qilindi.

Ichki Ishlar vaziri Suleyman So’yluning Twitterda qoldirgan postiga ko’ra Bitlis qishlog’ida 3 kun oldin 3 terrorist o’lik holatda qo’lga tushirilgan. Shuningdek bugun tashkilotga a’zo 2 terrorist yo’q qilingan.

So’ylu mintaqadagi amaliyotlarning davom etganini qayd etdi.

Ichki ıshlar vazirligi tomonidan berilgan boshqa bayonotga ko’ra esa Bitlis qishloqlaridan birida viloyat jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan terror obyektlariga qarshi uyushtririlgan amaliyotda yana 2 terrorist yo’q qilingan.

Bu orqali Bitlisda yo'q qilingan terroristlar soni 4 nafarga yetdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #terror tashkiloti , #TKP/ ML

Aloqador xabarlar