Turkiyada terroristlar bilan otishmada ikki harbiy halok bo’ldi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an halok bo’lgan harbiylar bilan politsiya xodimining oilasiga hamdardlik bildirdi.

1426458
Turkiyada terroristlar bilan otishmada ikki harbiy halok bo’ldi
tsk asker.jpg
cumhurbaskani erdogan.jpg

 

Turkiyaning Hakkari viloyati Chukurja tumanida terroristlar bilan bo’lgan otishmada ikki harbiy halok bo’ldi, bir harbiy jarohatlandi.

Diyarbakirda esa, kimligi noma’lum qurolli shaxsning o’q uzishi oqibatida og’ir jarohatlangan politsiya xodimi Atakan Arslan shifoxonada vafot etdi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an halok bo’lgan harbiylar bilan politsiya xodimining oilasiga hamdardlik bildirdi.

“Mamlakatimizda terrorizm tahdidi tubdan bartaraf etilgunicha terrorizmga qarshi kurashimiz davom etadi. Qahramon harbiylarimiz va xavfsizlik kuchlarimizni Alloh o’z panohida asrasin!”,-deydi prezident Erdo’g’an o’z ta’ziyasida.

Shuningdek, vitse-prezident Fuat O’ktay, Jumhuriyat xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’li va Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ham shahid oilalariga chuqur ta’ziya izxor etdi.

 

 



Aloqador xabarlar