Prezident Erdo’g’an ushbu epidemiya inqirozini oz zarar bilan ortda qoldiramiz dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, Turkiyaning yangi koronavirus (Kovid-19) epidemiya  inqirozini eng kam zarar bilan ortda  qoldirganlarini  bildirdi.

1422025
Prezident Erdo’g’an  ushbu epidemiya  inqirozini oz zarar bilan ortda qoldiramiz dedi.

 Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, Turkiyaning yangi koronavirus (Kovid-19) epidemiya  inqirozini eng kam zarar bilan ortda  qoldirganlarini  bildirdi.

Erdo’g'an, Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (AK Partiya) Viloyat  rahbarlari  yig'ilishidan oldin video konferensiya usuli bilan viloyat rahbarlariga murojaat qildi.

"Biz hushyorlikda  davom etamiz. Kichkina beparvolik epidemiyaning qaytadan avj olishiga  sabab bolishi mumkin." dedi.

Erdo’g'an, ko'rilgan chora-tadbirlar tufayli kelib chiqqan iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar muammolarni yechish uchun jarayoni  muvaffaqiyatli boshqarganlarini ma’lum qilib,

"Biz Turkiya sifatida faqatgina o'z chegaralarimiz ichida  epidemiyani yengish kifoyat qilmas. Yaqin muhitimiz bilan bir qatorda  butun dunyoda epidemiyani yo’q qilishimiz kerakki  barchamiz birgalikda huzur- halovatga erishaylik” dedi.

Prezident Erdog'an, o'z nutqida kundalik hayot uchun bir muddat dunyoda va Turkiyada yangi qoidalar asosida  yashashimiz kerak dedi.

Epidemiya jarayonini boshqarish uchun vazirliklar va barcha muassasalarning katta sa'y-harakatlari bo’lganini aytgan  Erdo’g'an, tarixiy yutuqlarga erishganliklarini  bildirdi.

"Biz niqobni ishlatish, jismoniy masofa va tozalash qoidalariga rioya qilishni umumlashtiradigan yangi  bir tartibga o'tmoqdamiz" dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #İnqiroz , #Kurash , #Epidemiya , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar