Kalin, Nakbaning 72 – yilligida yana bir bor Falastin muammosiga e’tibor qaratdi

Ibrahim Kalin, Falastin xalqi va uning irodasini inkor etgan rejalarning, Quddusni va Falastin tuproqlarini boshqalariga berishga uringan har bir tashabbusning noqonuniy ekanligini ta’kidladi.

1418547
Kalin, Nakbaning 72 – yilligida yana bir bor Falastin muammosiga e’tibor qaratdi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Falastin xalqi va uning irodasini inkor etgan rejalarning, Quddusni va Falastin tuproqlarini boshqalariga berishga uringan har bir tashabbusning noqonuniy ekanligini ta’kidlagan holda,  

“Turkiya sifatida, Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida, Falastin xalqini qo‘llab - quvvatlashni davom etamiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kalin, Nakbaning 72 – yilligi va Falastin haqida bergan yozma ravishdagi bayonotida Falastin xalqi duch kelgan va “Buyuk ofat” ni ifoda etgan Nakbaning 72 yildan beri davom etayotgan ishg‘ol, noqonuniylik, shafqatsizlik va adolatsizlik nomi ekanligini qayd etdi.

Bir asrdan ortiq vaqt davomida “pariya” ga aylangan Falastin aholisining 70 foizining o‘z yurtidan mahrum qilinganiga, falastinlik 6 million kishining qochqin sifatida dunyoning turli mamlakatlarida yashashga majbur qilinganiga e’tibor qaratgan Kalin, BMTning qarorlari va xalqaro huquqning aniq hukumlariga qaramay Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilda noqonuniy yahudiy turar joylarining davom etganini va falastinlik oilalarning zo‘rovonlik bilan o‘z uylaridan chiqarilganini ifoda etdi.

Kalin, ushbu adolatsizlik va qonunsizlikni hal qila olmaydigan xalqaro hamjamiyat bugun ham boshqa sinovlarga duch kelganini nazarda tutgan holda,

“O‘nlab yillardan beri muntazam ravishda davom etgan ishg‘ol siyosati yangi rejalar orqali keng va terang tus olsih payida. 1967 - yil chegaralari asosida, BMTning 242, 338, 1397 va 1515 sonli rezolyutsiyalari doirasida poytaxti Shaqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatining qurilishi, Falastin xalqining tarixiy va qonuniy haqqidir. Falastin xalqi o‘z huquqini qo‘lga kiritmay turib mintaqaviy va global tinchlik o‘rnatish imkonsiz." dedi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Quddusning huquqiy, diniy va tarixiy holatini o‘zgartirish yo‘lidagi har bir qadamning olov bilan o‘ynashga teng ekanligini ta’kidlagan holda,

“Prezidentimiz Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ta’kidlaganidek Quddus bizning qizil chizig‘imizdir. Qonun, vijdon va adolat tuyg‘usi bor hammani Isroilning zamonaviy vandalizmiga qarshi turishga chaqiramiz. Bosqinchilik, inkor etish va ahloq siyosatlarining Isroil fuqarolari doxil hechkimga tinchlik va xavfsizlik olib kelmasligini yana bir bor yodga solamiz.” dedi.

Ibrahim Kalin, “Falastin xalqi va uning irodasini inkor etgan rejalar, Quddusni va Falastin tuproqlarini boshqalariga berishga uringan har bir tashabbus noqonuniydir” der ekan,

"Ushbu rejani kimning tuzgani yoki qo‘llab-quvvatlagani muhim emas. Turkiya sifatida Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo‘g‘onning yetakchiligida, Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashni davom etamiz." degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Quddus , #Nakba

Aloqador xabarlar