Turkiya Fransiyaga tibbiy gumanitar yordam yubordi

Gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida infektsiyadan himoyalovchi bir martalik steril tibbiy niqoblar, 500ta himoyalovchi kombinezon, 20 000ta yuz uchun filtrlovchi niqoblar va boshqa ko'plab tibbiy preparatlar o'rin olgan.

1408169
Turkiya Fransiyaga tibbiy gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Fransiyaning Orn provintsiyasiga tibbiy gumanitar yordam yubordi.

Ma’lumotga ko’ra, provintsiyadagi mahalliy hukumat pandemiyaga qarshi kurash uchun Turkiyadan tibbiy yordam so’rab iltimos qilgandi.

Turkiya hukumati ushbu iltimosga befarq bo’lmadi va Fransiyaga zarur tibbiy himoyalovchi ashyolardan iborat gumanitar yordamlarni yubordi.

Turkiyaning Fransiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Ismoil Hakki Muso Fransiya vakillariga Turkiyadan yuborilgan tibbiy gumanitar yordamlarni topshirdi.

Gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida infektsiyadan himoyalovchi bir martalik steril tibbiy niqoblar, 500ta himoyalovchi kombinezon, 20 000ta yuz uchun filtrlovchi niqoblar va boshqa ko'plab tibbiy preparatlar o'rin olgan.

Ko’rsatilgan insonparvarlik yordamlari uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirgan Fransiya hukumati, ushbu tibbiy gumanitar yordamlarni tinimsiz mehnat qilayotgan shifokorlar va politsiyachilarga tarqatilishini ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, Turkiya dunyoda COVID-19 epidemiyasi tarqala boshlagandan buyon ko’plab mamlakatlarga, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya va Bolqon davlatlarga  tibbiy gumanitar yordam yubordi.

 



Aloqador xabarlar