Turkiya AQShga tibbiy gumanitar yordam yubordi

Turkiya,  yangi turdagi koronavirus (Kovid- 19) epidemiyasining markazi holiga kelgan Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) tibbiy yordam olib boradigan  harbiy yuk samolyoti poytaxt Anqaradan uchib ketdi.

1406659
Turkiya AQShga tibbiy gumanitar yordam yubordi

 

 

  Turkiya,  yangi turdagi koronavirus (Kovid- 19) epidemiyasining markazi holiga kelgan Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) tibbiy yordam olib boradigan  harbiy yuk samolyoti poytaxt Anqaradan uchib ketdi.

 Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning ko'rsatmalari bilan epidemiya tufayli  55 mingdan  ortiq fuqarosi vafot etgan AQShga  Kovid -19 bilan kurash doirasida qo’llab- quvvatlash  maqsadi bilan bu mamlakatga jarrohlik niqob, yuzi qalqon visor, N95  va tibbiy materiallar yubordi.

Milliy Mudofaa va Sog'liqni saqlash vazirliklari tomonidan tayyorlangan materiallar A400M  rusumidagi transport samolyotiga yuklandi.

Etimesgut harbiy aeroportidan parvoz qilgan samolyotdagi yordam paketlarining ustida Prezidentlik forsi  bilan bir qatorda 13- asrda yashab o’tgan   So’fi  Mavlono Jaloliddin-i Rumining  "Zulmat ortida ko'plab umidlar bor. so'zlari turk va ingliz tillarida yozilgan. AQShning Anqara elchiligi, Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

Tashakkur xabarida ana shu ifodalarga o’rin  berildi.

“Kovida- 19 bilan dunyo bo’ylab  yuritilgan kurash kabi inqiroz davrlarida, ayni  tushunchalarga ega ittifoqdosh va sheriklar o’rtasida  yaqin hamkorlik  tezkor va ta’sirli bir javob topishda katta ahamiyatga egadir. Hech birimiz buni yolg’iz boshimizga  amalga oshira olmaymiz. AQSh hukumati nomidan, NATO ittifoqdoshi Turkiyaga  ushbu  saxiyligi uchun minnatdormiz. jo’natilgan ushbu yordam ko’rsatadiki, AQSh va Turkiya o’rtasidagi aloqa kuchli va eng muhim ittifoqdoshlarimizdan biridir.

Turkiya bilan bu mavzuda va  ko’plab boshqa mushtarak ustuvor hamkorligimizni  davom ettirishni kutib turibmiz. AQSh xalqiga qarata qilgan yordam va do’stligi uchun Turk  hukumatiga va millatiga tashakkurlarimizni bildiramiz”

Boshqa tomondan,  AQShning NATOdagi  doimiy vakili  Kay Bailey Hutchison, Kovid-19 epidemiyasiga tufayli Turkiyaning AQShga  tibbiy material  yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tvitterda Hutchison, epidemiya paytida NATOning birdamligi bu transatlantik aloqalarning kuchini ko’rsatmoqda deb qayd etdi.

Hutchison  Turkiyaning NATO doimiy vakili Basar O’zturk bilan telefon orqali uchrashdi.

"Kovid-19ga qarshi kurashimizni qo'llab-quvvatlagani uchun turk xalqiga minnatdorchilik bildiramiz” deb qayd etdi.

Turkiya qurolli kuchlariga tegishli A400M transport samolyoti bundan oldin Italiya, Ispaniya, Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya, Bosniya va Gertsegovina, Kosovo, Britaniya va Somaliga yordamlar olib borgan.


Tanlangan kalimalar: #Yordam , #Tibbiy , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar