Mavlud Chavushog’li xorij davlatlardagi Turkiya elchilari bilan muloqot qildi

“Biz vatandoshlarimizni dunyoning qayerida yashashidan qat’iy nazar, yolg’iz tashlab qo’ymaymiz. Ushbu mashaqqatli kunlarda fidokorona xizmat qilayotgan barcha safdoshlarimga minnatdorlik bildiraman”,-dedi Turkiya TIV rahbari.

1403122
Mavlud Chavushog’li xorij davlatlardagi Turkiya elchilari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Turkiyaning xorij davlatlardagi favqulodda va muhtor elchilari va konsullik idoralari vakillari bilan videokonferensiya shaklida muloqot o’tkazdi.

Mavlud Chavushog’li bu haqda tvitterda ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, videokonferensiya shaklidagi muloqotga G’arbiy Yevropa, Yaqin sharq, Shimoliy Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlaridagi elchilar va mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

Muloqot chog’ida butun dunyoni qamrab olgan “Kovid-19” pandemiyasiga qarshi kurash jarayoni va bunga qarshi olingan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

“Biz vatandoshlarimizni dunyoning qayerida yashashidan qat’iy nazar, yolg’iz tashlab qo’ymaymiz. Ushbu mashaqqatli kunlarda fidokorona xizmat qilayotgan barcha safdoshlarimga minnatdorlik bildiraman”,-deb yozgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li tvitterdagi sahifasida.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Mavlud Chavushog’li shuningdek, xorijdagi Turkiya fuqarolarining vaziyati va ehtiyojlari, Turkiya elchixonalari va konsullik idoralarida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning sog’ligi hamda ushbu davlatlarda koronavirus pandemiyasiga qarshi olinayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot oldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kovid-19 , #Mavlud Chavushog’li , #Turkiya

Aloqador xabarlar